04 iyu 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Logan Pol: "Men Konor Makgregorni mag'lub etaman. Bir davrga - bitta afsona"
Bokschi va videobloger Logan Pol ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi.
"Menga Makgregor yoqadi, uni yaxshi ko'raman. Men kun kelib u bilan jang qilishni istardim, Konor bilan jang qilaman, uni mag'lub etaman. Jeyk bilan birga aka-uka Diaslarga ham qarshi kurashishni istardim, ular ham ro'yxatda bor",- Logan Pol so'zlarini keltirmoqda Mirror.
26 yoshli Pol 2019 yil noyabr oyida ringdagi debyutida yutqazdi. Polning YouTube'dagi kanalida 23 milliondan ortiq obunachi mavjud. Uning keyingi jangi boks bo'yicha besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan bo'ladi.
44 yoshli Meyvezer boksdagi faoliyatini 1996 yilda boshlagan. U 2017 yil avgustdagi so'nggi jangida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni 10-raundda nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : FightNews
Fikrlar