25 may 19:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Logan Pol MMA'da jang qilmoqchi
Bloger Logan Pol MMA qoidalari ostida jang o'tkazish niyatida ekanligini elon qildi.
"Hayron qolishingiz mumkin, lekin men MMA'da jang qilmoqchiman. Aslida, men MMA'da omadliroq faoliyat olib borsam kerak. Sababi, men avval kurash bilan shug'ullanganman. MMA boksdan ancha qiyinroq. MMA jangchilari haqiqiy yirtqichlardir. Faqat mening tizzamda muammoyim bor. Lekin, bir marta bo'lsa ham MMA'da jang o'tkazmasdan o'lmayman", -dedi Logan Pol.
Eslatib o'tamiz, Logan Pol 6 iyun kuni Floyd Meyvezerga qarshi jang o'tkazadi. Ushbu jangga Floyd Meyvezer 72,5 kg, Logan Pol esa 86,2 kg vaznda chiqishi kerak.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar