29 dek 13:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Loma, Xeyni, Jervonta yoki Garsiya? Kambosos unga raqib tanlashda yordam berishlarini so'radi
Jorj Kambosos muxlislariga murojaat qildi.
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni avstraliyalik kichik Jorj Kambosos (20-0, 10 KO) eski isbotlangan usulni qo'lllashga qaror qildi - u yordam so'rab muxlislarga murojaat qildi, keyingi raqibni tanlashda yordam berishlarini so'radi.
«Xeyni, Lomachenko, Tank, Garsiya? Keyingisi kim? Men hammasi bilan jang qilishni xohlayman (Avstraliyadagi stadionda). 2022 yilda kamarimni himoya qilish uchun chiqqanimda, hurmatli muxlislar ringda kimni ko'rishni xohlashadi?», - deya murojaat qildi Kambosos.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar