26 fev 18:20
Yangiliklar
Lomachenko butun dunyo tinchligi uchun duo qildi
“Butun dunyo tinchligi va Er yuzidagi xalqlarning marifati uchun duo.
Rabbim, xalqingga tinchlik ber. Rabbim, qullaringga Muqaddas Ruhingni ato et, toki U ularning qalblarini sevging bilan isitadi va ularni haqiqat va yaxshilikka yo'naltiradi. Rabbim, ularga O'z inoyatingni ato et, toki ular tinchlik va muhabbatda Seni tanib, sevsinlar.
Odamlarning qayg'uli qalblarini nurga to'ldir; Er yuzidagi qayg'ularni unutib, seni xursandchilikda ulug'lashsin. Yaxshi Yupatuvchi, men Sendan ko'z yoshlar bilan so'rayman, xalqingning qayg'uli qalblariga tasalli ber! Sening barcha xalqlaring Sening sevgingni va Muqaddas Ruhning totliligini tushunsinlar, odamlar Er yuzidagi qayg'uni unutsinlar va hamma yomonlikni tashlab, Senga muhabbat bilan talpinsinlar va Sening ulug'vorliging uchun Sening irodangni bajarib, tinchlikda yashasinlar", - deb yozgan Lomachenko Instagramda.
Fikrlar