27 okt 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko: "Jervonta Devisga qarshi jang qiziqarlisi bo'lishi aniq"
Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (16-2, 11 KO) bir necha kundan keyin Jameyn Ortisga (16-0-1, 8 KO) qarshi jang o'tkazadi.
Biroq, Lomachenko hozirdan bo'lajak raqib kim bo'lishi haqida o'ylamoqda.
"Albatta, davogarlar ichida Devin Xeyni birinchi o'rinda. Sababi u hozir barcha kamarlarga ega.
"Boks uslublariga nazar tashlasangiz, Jervonta Devisga qarshi jang eng qiziqarlisi bo'ladi. U ajoyib jang taklif qilishi aniq. Jervonta tajovuzkor jangchi, u aniq zarba berishga harakat qiladi. U faqat hujum qiladi, boshqa jangchilar esa boshqa usullardan foydalanadi. Ular himoyalanishga va qarshi hujumga o'tishga harakat qilishadi" - dedi Lomachenko jurnalist bilan suhbatda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar