22 avg 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko Joshua - Usik jangidagi hakamni tanqid qildi
Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko hamyurti Aleksandr Usikning g'alabasi haqida gapirdi.
"Savolim bor. Joshuaning foydasiga berilgan ochko (115:113) haqida nima deyish mumkin? Men tushunmayapman. Bu hakam boksni tushunadimi yoki yo'q? Jang ajoyib bo'ldi. Ikkala bokschi ham o'zlarining katta yurak egasi ekanini ko'rsatishdi. Bu g'alaba ukrainaliklar uchun katta ahamiyatga ega. Bu mamlakatimiz uchun katta g'alaba", — dedi Lomachenko iD Boxing Youtube kanaliga bergan qisqa intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko Ukrainani tark etib, Janubiy Kaliforniyadagi qarorgohida yig'inlarni boshlash uchun jo'nab ketgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar