07 okt 13:52
Yangiliklar

Lomachenko - Lopes. Arum nega shartnomada revansh bandi yo'qligini aytdi
"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum nega Teofimo Lopes va Vasiliy Lomachenko o'rtasidagi shartnomada revansh haqida band yo'qligiga izoh berdi.
Arumning takidlashicha, shartnomada revansh haqidagi bandning bo'lishi bu promouterlarning o'z jangchisiga ishonmasligini bildiradi.
"Men revansh bo'lishiga ishonmayman. Eddi Xirn kabi promouterlar har bir shartnomaga revansh haqidagi bandni tiqishtirishga urinishadi. Bu esa o'z jangchilariga ishonmaslik belgisi.
Bu borada mening qarashlarim quyidagicha: Bokschilar jang qilishsin, jangdan so'ng g'olib va mag'lub bo'lishi aniq. SHundan so'ng, agar jangchilar revanshni xohlashsa, revansh bo'ladi. Hammasi bokschilarning o'ziga bog'liq. Men faoliyatim davomida biror shartnomada revansh haqida bandni talab qilmaganman», -dedi Bob Arum.
Fikrlar