18 dek 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko: Men Lopesga mag'lub bo'lmadim
Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko Teofimo Lopesdan uchralgan mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
“Jangning ikkinchi yarimida so'zsiz men g'alaba qozondim. Agar uning dastlabki raundlardagi zarbalari va ikkinchi olti raunddagi zarbalarni taqqoslaydigan bo'lsak, natija umuman boshqacha bo'lishi kerak edi. Men jang yakunlanganidan so'ng tezda fikr bildirmasligimni elon qilgandim. O'shanda uyga borib barchasini yaxshilab ko'rib olishim lozim edi. Men Lopesga mag'lub bo'lmadim”,-dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko Lopesga qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan bahsda hakamlarning qarori bilan mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar