06 apr 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko qanday holatda Inouega qarshi jangga rozi bo'lishini aytdi
Uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi.
"Inoue bilan jang qilgan bo'larmidim? Balki. Men vazn tashlashni unutib qo'yganman. Yarimengil vazn toifasiga (-57,2 kg) tushishga urinib ko'rishim kerak. Albatta yaqin divizionning eng zo'r jangchilari bilan uchrashish qiziq bo'ladi. Uning janglarini ko'rganman. Uning kuchi bor. U yuqori darajadagi jangchi", - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar