12 iyu 07:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko vaznini o'zgartirish niyatida emas
Uch vazn toifasidagi sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenko boshqa vazn toifasiga o'tmoqchi emas.
"Nakatani haqida nimani bilaman? U juda baland va tajribali bokschi. Ushbu jang Teofimo Lopes bilan jang uchun katta imkoniyat beradi. Nakatani bilan jangda o'zimning eng kuchli formamni ko'rsatmoqchiman. SHakur Stivenson birinchi engil vaznda jang qiladi. Men esa bu vaznga o'tmasligimni aniq aytganman. Engil vaznda tugamagan ishlarim bor va ularni hal qilmoqchiman.
Engil vazn eng qiziqarli vazn. Bu erda chempionlar - Lopes va Xeyni bor. Ammo bu vaznda Rayan Garsiya, Jervonta Devis va men ham borman", - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar