18 may 18:55
Yangiliklar
Lomachenko - Xeyni bilan jang haqida: "U Lomachenko, men esa Rigondo bo'lib qolgandekman"
Ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko 21 may kuni Las-Vegasda (AQSH) tashkil etilayotgan engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni amerikalik Devin Xeyniga qarshi jang haqida gapirdi.
"Xeynini Gilermo Rigondo bilan solishtirishni unuting, chunki ularning gabariti har xil. Hozir vaziyat shundayki, men Rigondo bilan bir xil holatdaman. Aftidan, endi men Rigondoman, u esa Lomachenko, agar gabarit haqida gapirsak, qo'llari uzun va vaznda ham farq bor", - dedi Lomachenko.
Gilermo Rigondo 42 yoshli kubalik bokschi bo'lib, u havaskorlar o'rtasida ikki karra Olimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni hisoblanadi. Professional boksda esa Rigondo ikki vazn toifasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Fikrlar