22 jan 20:31
Yangiliklar

Lomachenko yoki Xeyni? Kambosos Arum va Xirnni orzuga berilmaslikka chaqirdi
Engil vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va WBC chempioni avstraliyalik Jorj Kambosos (20-0, 10 KO) hozircha ilk himoya jangini kimga qarshi o'tkazishni hal qilmagan. Ammo, u bir narsani aniq biladi - jang Avstraliyada o'tkaziladi!
Bob Arum Kambososning Vasiliy Lomachenko bilan jang qilishi, Eddi Xirn esa tanlov Devin Xeyni foydasiga hal bo'lishini takidlayotgan bo'lsa-da, Jorjning o'zi promouterlarni orzu-havas qilmaslikka chaqirdi.
"Janob Arum, hurmat bilan aytaman, muxlislar Xeyni yoki Lomachenkoni ko'rgani kelishmaydi. Ular o'z imperatorining boksni o'z qo'liga olganidan so'ng barcha kamarlari bilan uyga qaytishini tomosha qilish uchun kelishadi. Bu kamarlar Avstraliya va Greciyaga tegishli bo'lib, kamarlarni bizdan tortib olish uchun ularga armiya kerak bo'ladi", — deb yozdi Kambosos Twitter'da.
Fikrlar