25 may 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenkoning jamoasi Xeyniga qarshi jang natijasi yuzasidan rasmiy shikoyat yozdi
Ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenkoning menejeri Egis Klimas WBA, WBC, IBF va WBO tashkilotlariga rasmiy shikoyat maktubi yozib jo'natdi.
Maktubda jang natijasi qayta ko'rib chiqilishi hamda Lomachenkoning to'rttala kamarga rasmiy davogar deb elon qilinib, revansh jangi berilishi so'ralgan.
Juda ko'pchilikning fikriga ko'ra, Loma amerikalik mutlaq jahon chempioni Devin Xeynini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan. Las-Vegasda o'tgan jangda hakamlar aksincha, 116-112, 115-113, 115-113 hisoblaridagi g'alabani amerikalikka taqdim etishgandi.
Havola :
Fikrlar