24 dek 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoning menejeri: Biz Lopesni revansh berishga majburlay olmaymiz
Vasiliy Lomachenkoning menejeri Egis Klimas Teofimo Lopes va Lomachenko o'rtasidagi revansh jangining ehtimolligi haqida gapirdi.
Menejerning so'zlariga ko'ra Lopes revansh berishni xohlamayapti. Ukrainalikning jamoasi esa buni hazm qila olmayapti.
"Biz nima qila olamiz? Biz Lopesni revansh berishga majburlay olmaymiz. Buning bitta sababi bor: Teofimo mag'lub bo'lishdan qo'rqayapti", - deydi Egis Klimans.
Eslatib o'tamiz, Teofimo Lopes birinchi jangda Lomachenko ustidan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar