02 dek 08:26
Yangiliklar
London Chess Classic 2025. Nodirbek Abdusattorovda ketma-ket beshinchi g'alaba!
Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun kurash olib boryapti. Birinchi turda britaniyalik grossmeyster Gavain Jons bilan durang o'ynagan hamyurtimiz ketma-ket beshta g'alabaga erishdi.

Abdusattorov ikkinchi turda oq donalarda AQSH sharafini himoya qilayotgan hindistonlik Mishra Abhimanyuni, uchinchi turda qora donalarda Angliya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik grossmeyster Nikita Vityugovni, to'rtinchi turda 54 yoshli Buyuk Britaniyalik chempioni Maykl Adamsni, kecha beshinchi turda qora donalarda AQSH chempioni Sem SHenklendni mag'lubiyatga uchratdi.

Ketma-ket beshta g'alabadan keyin Abdusattorov turnir jadvalida 5,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Alireza Firuzdja bu turda oq donalarda amerikalik Mishra Abhimanyu bilan durang o'ynadi. Firuzdja 4 ochko bilan sof ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Nikita Vityugov, Nikolas Teodorou, Lyuk Maksheyn, Pavel Elyanov hisobida 3 ochkodan bor.
Eng yaqin taqibchisidan 1,5 ochkoga o'zib ketgan Abdusattorov bugun 7-turda oq donalarda angliyalik grossmeyster Lyuk Maksheynga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar