19 okt 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes Lomachenko bilan revanshga rozi bo'lmaydimi?
Engil vaznda to'rtta yo'nalish chempioniga aylangan Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenkoga revansh bermoqchi emas.
"Nima uchun? Men uni mag'lub etdim. Men uni taslim etish uchun barcha ishni qildim. Agar yana bir marta shu jangni tashkil etsak, yana shunday natija qayd etiladi.
Nima sababdan jang shartnomasida revansh bandi kiritilmagandi? Bu shunchaki emas. Endi bu haqida gapirishim mumkin. Ular menga revanshga imkon berishmoqchi emas edi. Ular meni yutqazishimni kutishgandi.
Barchasi joyida. Endi ular kutishlari lozim", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar