29 may 18:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes nima uchun Lomachenkoga revansh bermaganini ochiqladi
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenkoni yana bir bor tanqid ostiga oldi.
Amerikalik bokschining so'zlariga ko'ra Lomachenko birinchi jangda etarlicha hurmat bilan munosabatda bo'lmagan. Aynan shu sababli ham Lopes revansh jangiga rozi bo'lmagan.
"Muammo shundaki, u menga juda yuqoridan turib qaradi. U menga jangdan oldin revansh bermadi ham, sababi u meni oson yutib qo'yaman deb o'yladi. Men esa uni ustunlik bilan mag'lub etdim. Aynan, shu sababli ham men unga revansh bermadim.
Men Lomachenkoning yuragini sug'urib oldim. Bu juda ham yoqimli. U o'zini Xudoga tenglashtirgandi. Sen hech qanday Xudo emassan, ahmoq!", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar