04 jan 14:16
Yangiliklar

Lopesning otasi: Top Rank Lomachenkoning yutishini xohlagandi
Katta Lopesning aytishicha, kompaniyadagilar o'g'liga qarshi kechgan chempionlik jangida Lomachenkoning g'alaba qozonishini xohlashgan.
"Top Rank`dagilar Lomachenko g'alaba qozonishini kutgan va shunga ishongandi. Buni jangdan keyingi matbuot anjumanidan ham bilib olsa bo'lardi. Anjumanga faqat bir kishi keldi. Bu sharmandalik. Xuddi yuzga tarsaki tortib yuborgandek bo'lgandi. Hatto kompaniya rahbari Bob Arum o'g'limni g'alaba bilan tabriklamadi. Biz kompaniyaga hayotimizni xavf ostiga qo'yib xizmat qilyapmiz. Evaziga nima olyapmiz? Matbuot anjumaniga kelmaslik, g'alaba bilan tabriklamaslik, bu holat hamon davom etyapti. Kompaniyadagilar meni yomon ko'radi. Lekin biz ishlashda davom etamiz", - dedi katta Teofimo Lopes.
Fikrlar