17 mar 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

M15 Antalya. Fomin ishtirokidagi o'yin oxiriga etkazilmadi
Turkiyaning Antalya shahrida ITF tasnifiga kiruvchi “M15 Antalya” turniri bo'lib o'tmoqda.
Tennischimiz Sergey Fomin bugun musobaqa doirasida 1/16 final bosqichida koreyalik Son CHxan Xonga qarshi kortga chiqdi.
Birinchi setni koreyalik tennischi 6/1 hisobida yutib oldi. 2-setda 3/0 hisobida yutqazayotgan Fomin uchrashuvni oxiriga etkaza olmasligini malum qildi va uchrashuv davom ettirilmadi. SHu tariqa Sergey Fomin turnirni tark etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar