13 may 13:46
Yangiliklar

Maddalena Carukyanni P4P UFC reytingidan chiqarib yubordi
Yakshanba tongida yarimo'rta vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylangan Jek Della Maddalenna P4P UFC Top-15 reytingiga kirib oldi. U ilk urinishdayoq 9-o'ringa ko'tarildi. Aynan Maddalennaga chempionlik kamarini boy bergan Belal Muhammad esa aksincha, 6 pog'onaga pastlab, 13-o'ringa joylashdi.
Avstraliyalik yangi chempionning reytingga kirishi aksincha, kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan Arman Carukyanning ro'yxatdan chiqib ketishiga sabab bo'ldi. Arman shu kungacha 15-o'rindan joy olgandi. Jekning g'alabasi uning hamyurti, promoushenning sobiq chempioni Aleksandr Volkanovskining ham ko'tarilib olishiga yordam berdi. Aleks 9-pog'onadan 7-o'ringa yuqoriladi.
Maddalena yarimo'rta vazn toifasi reytingidagi o'rnini ham yaxshilab oldi. U chempion sifatida Top-5`dagilarning barini bir pog'onadan pastlashiga "xizmat" qildi.
Fikrlar