15 may 14:38
Yangiliklar

Maddalenaning murabbiyi: "Jek Maxachevni nokaut qiladi"
"Men Maxachevning janglarini, xususan Dastin Porega qarshi kechgan bahsini diqqat bilan ko'rib chiqdim. Avvallari u boshqa vaznda bo'lgani uchun uning janglarni kuzatmagan edim. Lekin oddiy MMA muxlisi sifatida janglaridan rohat olardim. Bir tomondan qiziq ham edi. Ammo, o'ylashimcha, Jek uni nokautga uchrata oladi. Pore Islamni birinchi raundda bitta kuchli zarba bilan "siyladi". Etibor bergan bo'lsangiz, o'tkazib yuborilgan zarbadan keyin Maxachevning yuzi qonga belangandi. U bunday murakkab janglarda qiyin ahvolga tushib qoladi, asablari dosh bermaydi.
Belal Muhammad Islamga qarshi jang oldidan biz uchun ideal tayyorgarlik bo'ldi. Men har qanday raqibning kamchiligini ko'ra olaman, shu jumladan Maxachevning ham. Ishonchim komil, Jek Maddalena o'ziga bildirilgan ishonchli to'la oqlaydi. Unda hech kimda bo'lmagan hislatlar bor" , – dedi avstraliyalik mutaxassis Submission Radio kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar