13 apr 08:14
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				
				
			
				Madinabonu Mannopovani tabriklaymiz!
Bugun taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Madinabonu Mannopova o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
			Madinabonu Mannopova 2001 yil 13 aprel kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Madinabonu yosh bo'lishiga qaramasdan bir qator muvaffaqiyatlarga erishib ulgurgan.
Jumladan, 17 yoshida 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida kumush medalni, shu yili Vetnamda Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi. Hozirda terma jamoamiz tarkibida Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqaga hozirlik ko'rmoqda.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar