29 okt 20:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Madiyar Saidrahimov navbatdagi jangini qozog'istonlik bokschiga qarshi o'tkazadi
Serbiyada boks bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun -92 kg vaznli bokschimiz Madiyar Saidrahimov musobaqadagi ilk jangida Belarus vakili Vladislav Smiaxlikauga qarshi o'tkazdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Madiyar chorak final yo'llanmasi uchun qozog'istonlik Aibek Oralbayga qarshi ringga ko'tariladi. Oralbay bugun polshalik raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etdi.
Ushbu jang 31 oktyabr kuni kechki dastur bahslarida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar