So’nggi yangiliklar

19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0

15 iyu 07:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Madrimov Metkalf emas, Magomed Kurbanov bilan jang qiladimi?

Superyarim o'rta vazn toifasida rossiyalik bokschi Magomed Kurbanov RCC Boxing matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Suhbat davomida bokschi superyarim o'rta vazn toifasining mutlaq chempioni hisoblangan Jermell CHarloni tanqid ostiga oldi.

"Jermell CHarlo bizning divizionimizni o'ldirishda davom etmoqda. U bir yildan buyon ringga chiqmaydi, to'rttala tashkilotdagi munosib yigitlarning titul uchun kurashishiga to'sqinlik qilmoqda.

Hozir Tim Czyu hamda Mendosaning WBO va WBC yo'nalishlarida vaqtinchalik kamarlari bor. WBA va IBF esa shuncha vaqtdan buyon CHarloning qarorini kutadi. Bu yigit formasini yo'qotgan, bu aniq. Uni eng kuchli, deb bo'lmaydi. Qolganlar o'z tarixini yozishlari uchun uni to'rtta kamardan mahrum qilish yoki tatilga chiqarish vaqti keldi.

Isroil Madrimov va men WBA reytingida birinchi va ikkinchi o'rinlarda boryapmiz. Biz qon bilan bu o'ringa erishdik. Endi esa chempionlik uchun kurashda eng kuchlilarni aniqlashimiz shart.

IBF'da ham shunday vaziyat: Bahrom Murtazaliev va Jek Kulkay yangi chempionni aniqlashi kerak", - dedi rossiyalik bokschi.

Avvalroq, Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Isroil Madrimovning britaniyalik Jeyms Metkalf bilan jang qilishi ehtimoli baland ekanini aytgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing