29 dek 14:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Madrimov yana Soro bilan jang qilishi mumkin. Franciyalik bokschi "protest" berdi
Franciyalik bokschi Mishel Soro Isroil Madrimovga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng WBAga protest berdi.
17 dekabr kuni Toshkentda o'tkazilgan jangda Isroil Madrimov to'qqizinchi raundda Soroni mag'lubiyatga uchratgandi. Soro va uning jamoasi esa zarbalar bongdan so'ng berilganini iddao qilib, jang natijasidan norozi bo'lgandi.
Bir necha kun oldin Soro bilan hamkorlik qiladigan "Y12 Management" kompaniyasi rahbari Yoxan Zaui jang natijasi yuzasidan WBAga shikoyat xatini so'ragan. Ushbu shikoyatda jang natijasi bekor qilinishi va eleminator jangi boshqattan tashkil etilishi so'ralgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar