18 dek 07:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Madrimovning vazndoshi Tim Czyu mag'lubiyatini g'alaba bilan yopib ketdi
Avstraliyalik professional bokschi Tim Czyu navbatdagi jangini o'tkazdi.
Afsonaviy Kostya Czyuning o'g'li Sidney shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomining markaziy jangida amerikalik 29 yoshli Entoni Velaskesga qarshi ringga chiqdi.
Jang o'n raund davom etdi va unda Czyu 100:90, 100:90, 100:91 hisoblarida g'alaba qozondi. 31 yoshli avstraliyalik charm qo'lqop ustasi iyul oyida WBC kamari uchun kechgan bahsda Sebastyan Fundoraga imkoniyatni boy bergandi.
U bilan bir divizion, yani super yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq chempion — Isroil Madrimov ham faoliyat olib boradi.
Havola :
Manba : Fight Space
Fikrlar