30 dek 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Madrimovning vaznidagi Czyu kimlarga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytdi
Avstraliyalik bokschi, taniqli Kostya Czyuning o'g'li Tim Czyu o'z rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Bouin bilan jang menga kelajakdagi variantlarni qisqartirib yubordi. Endi ro'yxatimda faqatgina ikkita nom qoldi - Brayan Kastano va Patrik Teysheyra.
TOP-5dagi yigitlar bilan jang qilishni istayman. Menejerim bu borada rejalar borligini aytdi", - dedi kichik Czyu.
Malumot uchun, Tim Czyu o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov bilan bitta vaznda janglar o'tkazadi.
Ayni paytda Isroil Madrimov WBA reytingida birinchi o'rinda qayd etilgan. Tim esa sakkizinchi pog'onani band etgan.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar