21 may 08:09
Yangiliklar
![](/upload/storage/219478_220.jpg)
Maftunkor Liana Jojua qaytdi, u Parijda jang o'tkazdi + FOTO
Etiborlisi, ushbu oqshom doirasida sobiq UFC jangchisi Liana Jojua ham oktagonga ko'tarildi. Gruziyalik maftunkor aralash yakkakurash ustasi rossiyalik Darya Jeleznyakovaga qarshi uch raundlik jang o'tkazdi.
Bu uning UFC promoushenidan haydalganidan keyingi ilk jangi edi. Uch raund to'liq davom etgan jang yakunida hakamlar yakdil ovoz bilan g'alabani Jeleznyakovaga taqdim etishdi.
Malumot uchun, Liana Jojua MMAda 8 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan. Bu uning ketma-ket qabul qilib olgan uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. Jojua bundan avvalgi jangini 2021 yilning noyabr oyida UFC Vegas 42 turnirida amerikalik Kortni Keysiga qarshi o'tkazib, boy bergandi.
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Darya Jeleznyakova esa kecha oqshom ettinchi g'alabasini tantana qildi.
Fikrlar