17 iyu 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamizga kuchli raqib berildi + POSTER
Ikkinchi yarim engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Xurshidbek Rasuljonovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
24 yashar hamyurtimiz 5 iyul kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida tashkil etiladigan RCC Boxing musobaqasi doirasida ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni rossiyalik 29 yoshli Mark Urvanov raqib bo'ladi.
Qo'qonda tug'ilgan Xurshidbek Rasuljonov prof faoliyati davomida hozirga qadar 9 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini mag'lub etgan. Mark Urvanov hisobida esa 25 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 2 durang bor.
SHuningdek, mazkur turnir doirasida yana bir vakilimiz — Ulug'bek Sobirovning ringga ko'tarilishi belgilangan.
Havola :
Manba : RCC Boxing
Fikrlar