09 dek 12:16
Yangiliklar
Magomed Ankalaev: "O'zimga tegishlisini olib ketamiz!"
Oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vazn toifasida vakant bo'lib qolgan UFC chempionlik kamari uchun rossiyalik Magomed Ankalaev hamda polshalik Yan Blaxovich o'rtasida o'tkaziladi.
"Biz uzoq kutgan kun etib keldi. SHanba oqshomida muxlislarga yoqadigan jang namoyish etamiz va yakunda o'zimizga tegishli narsani olib ketamiz. Yan yaxshi jangchi, u haqda hech qanday yomon gap ayta olmayman. Lekin bu jang meniki va g'alaba uchun borimni oktagonda qoldiraman. Kamarni qo'lga kiritganimdan keyin hech qaerga ketmayman. Bu erda uzoq qolaman. Istalgan davogar bilan jang qilishga tayyor bo'laman. Ha, Yan ham chempionlik kamarini qo'lga kiritishni xohlaydi. Uning dahshatli deya tarif berilayotgan zarbalaridan qo'rqmayman", - dedi Ankalaev jangdan oldingi rasmiy matbuot anjumanida.
Fikrlar