11 mar 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Magomed Ankalaev qanday holatda og'ir vazn toifasiga o'tishini aytdi
UFC yarim og'ir vazn chempioni Magomed Ankalaev og'ir vazn toifasiga o'tish haqidagi savolga javob qaytardi.
"Hozircha og'ir vaznga o'tish niyatim yo'q. Bu faqatgina gap-so'z edi. Masalan, men Pereyraning Jon Jons yoki Aspinallga qarshi jang qila olardi deb o'ylamayman.
Ular yaxshi parterga ega va juda yirik jangchilar. Biz bilamizki, Aleks kuchli pancher. U bilan jang qilgan raqiblar ham xuddi shunday. Ko'pchiligi u bilan parterga kirishdan qo'rqardi, bu esa ularning imkoniyatlariga tasir qildi.
Men hozir bu vaznda barcha masalani hal qilishim kerak. Agar Pereyra revansh xohlasa, biz bunga tayyormiz. Ammo boshqa raqiblar ham bor. Bu vaznda barcha savollarga javob bergandan keyingina, og'ir vaznda katta janglarni tashkil qilishimiz mumkin", — dedi Ankalaev Bloody Elbow nashriga.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar