14 iyu 09:41
Yangiliklar
Magomed Ankalaev raqibi almashganiga munosabat bildirdi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi raqibining almashtirilishiga izoh berdi. Aslida u 25 iyul kuni amerikalik Xalil Rauntriga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Ammo Xalil jarohat olib, safdan chiqdi. UFC rahbarlari esa qisqa muddatda Ankalaevga 1 avgust kuni Belgradda Yan Blaxovichga qarshi revansh jangini o'tkazishi kerak bo'lgan hamyurtimiz Bogdan Guskovni yangi raqib sifatida taqdim etishdi.
"Men Abu-Dabidagi UFC turnirida Xalil Rauntri bilan jang qilishim kerak edi, lekin afsuski, u jarohat oldi. Unga sog'ayib ketishini tilayman va imkon qadar tezroq oktagonga qaytishini tilayman. Endi mening raqibim Bogdan Guskov bo'ladi. Avval aytganimdek, men har kim bilan, har qaerda va har qachon jang qilishga tayyorman. Men uchun buning ahamiyati yo'q. Men har doim tayyorman!", - deb yozdi Ankalaev X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Fikrlar