So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

31 mar 11:56
Yangiliklar

Sport kurashlari

Magomed Ibragimov: "Kuchim bor ekan, hali kurashaman"

Teglar :  Magomed Ibragimov
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Magomed Ibragimov bu yilgi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

- Tokio Olimpiadasidan keyin faoliyatingizni yakunlashingiz mumkinligi haqida aytgandingiz. Rejalar o'zgardimi?

- Ha, hali kuchim bor ekan, yana kurashib ko'raman. Faoliyatimni yakunlash haqidagi fikr Tokio Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokimdan keyin kelgandi. Lekin bu holat uzoq davom etmadi. Taxminan bir oydan so'ng men yana zalga qaytdim. O'shanda oldimda hech qanday maqsad yo'q edi va shunchaki o'zim uchun shug'ullana boshladim. Keyin esa o'ylab qoldim: "36 yosh bo'lsam nima qilibdi? O'zimni juda yaxshi xis qilyapman, eng muhimi, ishtiyoq bor. Nima uchun faoliyatimni davom ettirmasligim kerak?". Meni murabbiy va do'stim Gadji SHixshanatov ham qo'llab-quvvatladi. U menga "Volnik" ligasida ishtirok etib ko'rishimni maslahat berdi. SHundan so'ng yakuniy qarorga keldim - men kurashishda davom etaman. 

- Yaqinda shaxsiy kurash zalingizni ochdingiz va u erda o'zingiz ham mashg'ulot o'tkazyapsiz. Biri ikkinchisiga xalal bermaydimi?

- Zalda murabbiylar ishlashyapti. Bir nechta guruh mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. SHuningdek, u erda MMA bo'limini ham ochdik. O'zim esa Magomedgadji Nurasulov va Magomedgadji Nurov bilan birga mashg'ulot o'tkazyapman. Biz bilan birga Hasanboy va Husanboy Rahimovlar ham mashg'ulot o'tkazib ketishdi. 

- Sizga murabbiylik faoliyati yoqyaptimi?

- Ha. Sportchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng o'zimni to'laligicha murabbiylikka bag'ishlayman. Meni na tadbirkorlik va na siyosat qiziqtiradi. Men mustaqil hayot va faoliyatni ustun qo'yaman. Tepamda kimdir meni boshqarib turishini yoqtirmayman. Kimgadir tobe bo'lishni istamayman. O'zimning shaxsiy zalimda yosh avlodni tarbiyalab, ularga bor tajribamni ulashaman. SHu menga muhimroq. 

- Bu yilgi rejalar qanday?

- Ramazon ro'zasiga to'g'ri kelib qolgan, yani aprel oyida Mo'g'ulistonda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etmayman. Bu yil Islom Birdamlik o'yinlari, Osiyo o'yinlari, jahon chempionati kabi muhim musobaqalar bor. Aynan shu turnirlarda ishtirok etishni maqsad qilganman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing