29 jan 11:50
Yangiliklar
Sport kurashlari
Magomed Ibragimov Rossiyadagi turnirda sovrindor bo'ldi
26-28 yanvar kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida erkin va ayollar kurashi bo'yicha xalqaro turnir o'tkazilishi haqida xabar bergandik.
"Ivan Yarigin-2018" musobaqasida hamyurtlarimiz ichida -97kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan Magomed Ibragimov sovrindorlar orasidan o'rin olishga muvaffaq bo'ldi.
Ibragimov ilk jangida rossiyalik Rasul Magomedovga yutqazib qo'ydi. Biroq, raqibining finalga borgani Magomed Ibragimovga medallar uchun kurashish imkoniyatini yaratdi.
Yakunda hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda mog'ulistonlik Batzul Ulziisaikxanni mag'lubiyatga uchratdi va musobaqa sovrindoriga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar