06 avg 08:27
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Magomed Ibragimovda kutilmagan va alamli mag'lubiyat
Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Magomed Ibragimov Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining ilk bellashuvidayoq alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi.
Hozirgina yakuniga etgan 1/8 final bahsida 97 kg vazn toifasidagi 36 yoshli kurashchimiz Evropa chempioni, turkiyalik 26 yoshli Suleyman Karadenizga qarshi gilamga chiqdi. So'nggi ballni qo'lga kiritgan Karadeniz 3-3 hisobi ko'rinishida chorak finalga yo'l oldi. Suleymanning finalga chiqish imkoniyati past ekanini inobatga olsak, Magomed uchun katta ehtimol bilan Olimpiada yakunlangani deyarli oydinlashadi.
Turkiyalik kurashchi chorak finalda qozog'istonlik Alisher Ergaliga qarshi bahs olib boradi. Ergali nimchorak finalda jazoirlik Muhammad Fardjdan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar