19 mar 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Kurbanov faoliyati borasida muhim qaror qabul qildi
Superyarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar Magomed Kurbanov faoliyatiga oid muhim qaror qabul qildi.
U 8 mart kuni hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi chempionlik jangida mag'lub bo'lganidan keyin faoliyatini davom ettirmaslik haqida o'ylayotganini aytgandi.
Biroq bokschi kecha RCC matbuot xizmati bilan suhbatda u mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqargani va faoliyatini davom ettirishini aytdi.
"Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilib, xulosa chiqaraman va kamar uchun kurashga qaytadan kirishaman. RMK jang sanatlari akademiyasidagi jamoamga rahmat, qo'llab-quvvatlab turgani uchun Igor Alekseevichga ham minnatdorlik bildiraman. Men haqimda qayg'urgan va muxlislik qilgan barchaga tashakkur. Men tez orada qaytaman!", - dedi bokschi.
Havola :
Manba : RCC
Fikrlar