08 mar 23:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Kurbanov: "Men 16 yildan buyon boksdaman, bu men uchun imkoniyat"
Rossiyalik bokschi Magomed Kurbanov navbatdagi jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U birozdan so'ng WBA kamari uchun hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi ringga chiqadi.
"Barchaga rahmat, bu men uchun juda yaxshi imkoniyat. Men doim o'z uyimda jang qilganman, lekin ring ham men uchun uy kabi. Men 16 yildan buyon boksdaman, bu jangni kutayotgan edim. Bu men uchun imkoniyat. Avvalgi barcha raqiblarim singari Madrimovni ham mag'lub etaman", deya Kurbanovning so'zlaridan iqtibos keltiradi RCCBoxing.
Havola :
Manba : RCC
Fikrlar