04 iyu 11:31
Yangiliklar
Magomed va Muhammadrasul Qozog'istondagi reyting turniri 1/2 finalida
Bugun musobaqaning uchinchi kuni erkin kurash bellashuvlari boshlandi. Bizning etiborimiz kuchli tarkib bilan Qozog'istonga jo'nab ketgan O'zbekiston terma jamoasiga qaratiladi. Uch nafar Olimpiada sovrindorimiz musobaqa medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadilar.
Quvonarlisi, 97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki kurashchimiz musobaqaning yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Rio Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov biroz avval chorak finalda hindistonlik Dipak Dipakni 11-6 hisobida engdi. Muhammadrasul Rahimov esa qozog'istonlik Bekzat Urkimbayga hech qanday imkoniyat (11-0) qoldirmadi.
Birozdan so'ng o'tkaziladigan 1/2 finalda Ibragimov slovakiyalik Batirbek Cakulovga, Rahimov esa eronlik Amirxosseyn Firuzpurbandpeyga qarshi gilamga chiqadi.
Fikrlar