02 iyu 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov chempionlik jangi oldidan raqibi bilan uchrashdi (VIDEO)
14 iyun kuni CHexiyaning Praga shahrida MMA bo'yicha Oktagon 72 musobaqasi tashkil etiladi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy bellashuvi o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mahmud Muradov hamda CHexiya vakili Patrik Kinsll o'rtasida kechadi. Jang o'rta vazn toifasida Oktagon Interim chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Kuni kecha UFC sobiq jangchisi Muradov raqibi bilan birgalikda turnir oldidan bo'lib o'tgan intervyuda uchrashdi.
Malumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o'tkazib, 28 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz bilan tengdosh Patrik Kinsll hisobida esa 28 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar