25 jan 16:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov g'alabadan so'ng Dana Uayt bilan nimalarni gaplashgandi?
Kecha sportchimiz Mahmud Muradov Abu-Dabida o'tkazilgan UFC 257 turnirida Endryu Sanchesni mag'lub etdi.
Yodingizda bo'lsa, u g'alaba qozonganidan so'ng oktagondan chiqib ketdi va UFC prezidenti Dana Uayt bilan suhbatlashdi. O'sha jarayonda u Uaytga nima degani aniq bo'ldi.
"Instagramda menga obuna bo'l deb aytdim. U nima dedi? "Albatta, muammo yo'q". Telefondan meni sahifamni obuna qildi", - deb javob berdi Mahmud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar