22 iyu 23:55
Yangiliklar
Mahmud Muradov g'alabadan so'ng nimalar dedi?
"O'zimni yaxshi his qilyapman. Menda kichik muammo bor edi - o'ng qo'lim jangdan oldin jarohatlangan edi. Lekin men g'alaba uchun kelgandim. Men buning uchun ko'p mehnat qildim. Mik Mayt va Xanterga rahmat aytmoqchiman. CHunki, kecha menda shifokorlar bilan kichik muammo yuzaga kelgan edi. Lekin men jang qildim. UFC'ga ham rahmat. Bu tashkilot emas, bu oila. Ular meni qo'llab-quvvatlashdi va yordam berishdi. SHuningdek, muxlislarga ham rahmat. Ijtimoiy tarmoqlaringizni tekshiring, u erda o'zbekistonliklar bor! Ruslar, polshaliklar, va butun dunyo - eng yaxshi muxlislar mening muxlislarim, shuningdek xeyterlar ham.
Bazi muxlislar mening kurashim yo'q ekanini aytishgan edi. Bugun men kurashimni ko'rsatdim. Men tik turib jang qilmasdan ham g'alaba qozondim", - dedi hamyurtimiz.
Fikrlar