22 iyu 15:07
Yangiliklar
Mahmud Muradov Irji Proxaska uchun eng qiyin raqib kim ekanini aytdi
"Ankalaevga uzoq muddatli tanaffus sabab kamar uchun jang berishmaydi, deb o'ylayman.
Proxaskaga Blaxovich - Pereyra jangi g'olibini berishlari mumkin, ammo ikki-uch oydan keyin yana tayyorlanish qiyin bo'ladi. Agar Pereyra yutsa, chiqishi mumkin, u "aqldan ozgan". Proxaska uchun Pereyra bilan jang varianti yaxshi.
Ankalaev Proxaska uchun eng "yoqimsiz" raqib, chunki u ham "stoyka"da, ham kurashda jang taklif qilishi mumkin. Men Proxaska bilan sparring o'tkazganman va uning qanchalik baquvvat va universalligini bilaman. U noodatiy jangchi va undan nimani kutishni ham bilmaysiz.
Men dunyo bo'ylab ko'p joylarga bordim, ko'pchilik bilan birga ishladim, lekin unday jangchi yagona", - dedi hamyurtimiz.
Malumot uchun, Mahmud Muradovning o'zi bugun Londonda amerikalik Brayan Barberenaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar