27 jan 15:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov jangi bekor qilinganiga izoh berdi
UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradovning 26 fevral kuniga belgilangan jangi bekor qilingani haqida xabar bergan edik.
Sportchimiz Instagram sahifasi orqali post qoldirib, bunga nima sabab bo'lganini malum qildi.
"Assalomu alaykum. Men qayg'uli xabar bilan bo'lishmoqchiman, afsuski, mashg'ulotlarda qo'limdan jarohat oldim. Muayyan tekshiruvdan so'ng tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo'ladi. Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so'rayman. Men 26 fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko'rdim, afsuski, jarohat ham peshonamizda bor ekan. Bu jang martga ko'chirilsa xursand bo'lardim.
Yana bir bor barchadan uzr so'rayman, bu sport va bazi holatlarda biz shunchaki ojizmiz.
In SHa Alloh tiklanib yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz",-deya post qoldirdi Mahmudov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar