05 dek 12:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Jizzaxdagi MMA zalining ochilishida ishtirok etdi + FOTO
SHu kunlarda UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov O'zbekistonda bo'lib turibdi.
CHexiyaning Praga shahrida yashab, o'sha erda mashg'ulotlarini o'tkazadigan Muradov o'rtada yuzaga kelgan tatilni yurtimizda mazmunli tashkil etish uchun turli tadbirlarda ishtirok etmoqda.
Jumladan, u kecha Jizzax shahrida MMA zalining ochilish marosimida ishtirok etdi va yosh sportchilar bilan suhbatlashdi. Muradov muloqot chog'ida yoshlarga muvaffaqiyatga erishishning sirlari haqida gapirib, bu cho'qqiga faqat mehnat orqali chiqilishini urg'uladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar