24 jan 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov: "Keyingi haftada ham jang qilishga tayyorman"
Hamyurtimiz Mahmud Muradov Abu-Dabida o'tkazilgan jangda amerikalik Endryu Sanchesni nokautga uchratdi.
Muradov ushbu jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"UFC'da uchta jangda ishtirok etdim va har safar qisqa muddat ichida janglarga rozi bo'ldim. Umid qilamanki, keyingi jangimga uzoqroq vaqt berishsa yaxshi bo'lardi, o'shamda men yanada yaxshiroq jang qilgan bo'lardim.
Keyingi jangim? Menga raqibni ahamiyati yo'q. Agar qo'lim sinmagan bo'lsa, keyingi haftada ham jangga chiqishga tayyorman. Bugungi g'alabamni qizalog'imga bag'ishlayman.
SHu o'rinda, nafaqat menga, balki boshqa MMA jangchilarga yordam berayotgan akam Otabek Muhammadalievichga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Mahmud Muradov.
Mahmud Muradovning UFC'dagi jangi muddatidan oldin yakunlandi + VIDEO
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar