30 noy 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov: "Keyingi jang sanasi, raqib nomi va manzilni kutyapmiz"
Mahmud Muradov navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
O'rta vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi, 32 yoshli Mahmud Muradov (25-8) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali navbatdagi jangiga tayyorgarlik olib borayotganini malum qildi.
"Biz mashaqqat bilan ishlashda davom etamiz. Hozir rejaga ko'ra, kechki mashg'ulotlar — tepalikka sprint yugurish. Keyingi jang sanasi, raqib nomi va manzilni kutmoqdamiz.
Yil boshida UFC'da yana bir jang o'tkazishni rejalashtirganmiz. Bu orada mashg'ulotlarni qoldirmay bo'lajak janglarga tayyorgarlik ko'ramiz", - deb yozgan Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar