05 jan 11:14
Yangiliklar
Mahmud Muradov Londondagi UFC 286 turnirida oktagonga chiqishga tayyor
Ertadan keyin, 7 yanvar kuni poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida Mahmud Muradovga tegishli promoushenning MPL 7 turniri bo'lib o'tadi. Ayni paytda Toshkentda bo'lib turgan Muradov o'zining UFC`dagi jangi bo'yicha bergan savolimizga shunday javob berdi.
"18 mart kuni Londondagi The O2 arenada UFC 286 turniri bo'lib o'tadi. Men bu turnirda oktagonga chiqishga tayyorligimni aytib, UFC`ga murojaat qildim. Hozircha bunga javob berishmadi. Agar ijobiy javob kelsa, tayyorgarlikni CHexiyadan boshlayman. Pragadan Londonga borish ham oson bo'ladi. Qolaversa, chexiyalik muxlislarim ham Lorndonda ko'pchilikni tashkil etardi", - dedi Muradov.
Londondagi oqshomning markaziy jangi asli kelib chiqishi yamaykalik, hozirda Britaniya sharafini himoya qilayotgan Leon Edvards ishtirokida bo'lib o'tishi kutilmoqda. UFC chempioni ushbu kamarning sobiq sohibi nigeriyalik Kamaru Usmanga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin Usman jarohat olgani sababli uning o'rnini Belal Muhammad egallashi kutilmoqda.
Fikrlar