28 okt 07:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov: Men o'zbekistonlik birinchi UFC jangchisiman va nima bo'lishidan qatiy nazar bu tarixda qoladi
Mahmud Muradov tanqidchilarga javob berdi.
Saytimizning Instagramdagi sahifasida UFC jangchimiz Mahmud Muradovni qo'llab-quvvatlash mazmunidagi post qoldirdirgan edik. Muradov mazkur postning izohlar bo'limida ajoyib gaplar yozib qoldirdi:
«In SHaa Alloh, biz qaytamiz. Qo'llab-quvvatlaganingiz va yaxshi ko'rganingiz uchun har biringizdan minnatdorman. Negativ fikr yozadiganlarga aytadigan gapim esa, o'zingiz hayotda nimaga erishdingiz? Biror kishi haqida gapirish har doim oson, lekin o'zingiz nimagadir erisha olasizmi?
Ahmadulillah, mening kareram ajoyib. Men o'zbekistonlik birinchi UFC jangchisiman va nima bo'lishidan qati nazar bu tarixda qoladi. Qo'llab-quvvatlaganlarga yana bir bor rahmat», - deya izoh qoldirdi Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar