02 jan 23:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun CHexiyaga jo'nab ketdi
UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun CHexiyaga uchib ketdi.
Sportchimiz jangiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini odatdagidek Polshada o'tkazadi. Muradov yaqindagina saytimizga bergan intervyusida 2 yanvar kuni CHexiyaga uchib ketishini, 10 yanvardan esa Polshada mashg'ulotlarning so'nggi bosqichi boshlanishini malum qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov 26 fevral kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida oktagonga chiqadi. SHu kuni Muradov latviyalik 34 yoshli Misha Cirkunov bilan jang o'tkazadi. Cirkunov oxirgi ikkita jangida Rayan Spennga texnik nokaut, Kshishtof Yotkoga esa ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan.
Mahmud Muradov bilan intervyuni tomosha qiling:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar