04 fev 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov O'zbekistonga qaytmoqda. U matbuot anjumanida ishtirok etadi
UFCdagi o'zbekistonlik ilk sportchi Mahmud Muradov yurtimizga qaytib kelmoqda.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, u 5 fevraldan 6 fevralga o'tar kechasi soat 02:30 da yurtimizga etib keladi.
So'ngra 6 fevral kuni poytaxtimizdagi "Befit" sport majmuasida Mahmud Muradov ishtirokida matbuot anjumani, shuningdek master-klass tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov so'nggi jangini 24 yanvar kuni UFC 257 turniri doirasida o'tkazib, amerikalik Endryu Sanchesni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar